Jahon | 18:11 / 19.06.2021
7595
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning Rossiyadagi elchisi Moskvaga qaytishga tayyorlanmoqda

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov kelasi haftada Vashingtonga qaytishini ma'lum qilgandi.

Foto: AP

AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivan Moskvaga qaytishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. AQShning Rossiyadagi elchixonasi vakili Jyeyson Rebxols tvitterda Sallivanning bu haqdagi bayonotini joylashtirdi. 

"Muhim sammitdan so‘ng AQShning Rossiyadagi elchixonasi jamoasini boshqarish uchun Moskvaga tezroq qaytish imkoniyatini sabrsizlik bilan kutmoqdaman", - deyiladi bayonotda.

AQSh prezidenti Jo Bayden va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi sammit 16 iyun kuni Jyenevada bo‘lib o‘tdi.

Sammitdan so‘ng Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov kelasi haftada Vashingtonga qaytishini ma'lum qildi.

Antonov mart o‘rtalarida AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin to‘g‘risida keskin fikr bildirganidan so‘ng Rossiyaga chaqirtirib olingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid