Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada kriptovalutalarni musodara qilish boshlandi
Kengido provinsiyasi hokimiyatining xabar berishicha, 12 ming kishidan 47 million dollarlik kriptovaluta va boshqa shunga o‘xshash aktivlar musodara qilingan.
Janubiy Koreyada soliq to‘lashdan qochgan o‘ziga to‘q fuqarolarning kriptovaluta aktivlarini musodara qilish boshlandi, deb yozadi Financial Times.
Kengido provinsiyasi hokimiyatining xabar berishicha, 12 ming kishidan 47 million dollarlik kriptovaluta va boshqa shunga o‘xshash aktivlar musodara qilingan.
Ushbu jarayon 140 ming kishiga taalluqli keng miqyosdagi soliq surishtiruvlaridan so‘ng boshlangan.
Mamlakat moliyaviy xizmatlar komissiyasi kriptobirjalarga sentyabrga qadar banklar bilan hamkorlik qilish va mijozlarning haqiqiy ismlari bilan hisobraqamlar ochish majburiyatini qo‘ygan.
Janubiy Koreyadan tashqari, Xitoy ham ushbu soha ustidan nazoratni kuchaytirdi. Mamlakatda kriptovaluta savdosiga cheklovlar kiritildi hamda ayrim regionlardagi mayning loyihalari yopildi.
Pekinning ushbu siyosatidan so‘ng bitkoyn narxi 30 ming dollardan pastroqqa tushib ketdi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026