Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjonda Turkiya bilan hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar boshlandi
Mashg‘ulotlarda 600 nafar harbiy, 40ta tank, vertolyotlar va boshqa zirhli texnika ishtirok etadi.
Foto: Getty Images
Ozarboyjon qurolli kuchlari Turkiya armiyasi vakillari bilan hamkorlikda "Mustafo Kamol Otaturk - 2021" harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi.
"Taktik mashg‘ulotlar 28 iyun kuni ikki mamlakat o‘rtasida harbiy sohadagi hamkorlik kelishuvi doirasida boshlandi. Mashg‘ulotlardan maqsad – Ozarboyjon va Turkiya harbiy bo‘linmalari muvofiqlashuvini yaxshilash, qo‘mondonlarning boshqaruv mahoratlarini rivojlantirish", - deyiladi Ozarboyjon mudofaa vazirligi xabarida.
Xabarda aytilishicha, mashg‘ulotlarda 600 nafar harbiy, 40ta tank va boshqa zirhli texnika ishtirok etadi.
"Shuningdek, mashg‘ulotlarga 20tagacha turli kalibrdagi artilleriya va minomyot qurilmalari, yettita jangovar va transport vertolyoti, uchta dron va 50tagacha avtomobil texnikasi jalb etilgan" – deyiladi xabarda.
O‘quv mashg‘ulotlari 30 iyungacha davom etadi.
Mavzuga oid
11:34 / 19.02.2026
“Qizimizning jasadi topilsa, olib ketsak bo‘ldi” – Sayyoraning jasadi haligacha qidirilmoqda
23:34 / 18.02.2026
Ozarboyjon elchixonasiga zarbalar tasodifmi?
18:47 / 17.02.2026
Tog‘li Qorabog‘ning sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyan 20 yilga qamaldi
13:54 / 13.02.2026