Jahon | 20:24 / 29.07.2021
4692
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlangani ma'lum qilindi

O‘tgan haftada mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari soni 64 foizga o‘sgan.

Italiyaning koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni monitoring qilish bilan shug‘ullanuvchi Gimbe fondi mamlakatda koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlandi degan xulosaga keldi. Bu haqda Corriere della Sera nashri xabar berdi.

Fond ma'lumotiga ko‘ra, Italiyada 21 iyuldan 27 iyulgacha bo‘lgan davrda koronavirus yuqtirgan bemorlar orasida o‘limlar soni o‘sishi kuzatilgan. Bungacha ketma-ket 15 hafta davomida ushbu ko‘rsatkich pasayib kelayotgandi.

Bundan tashqari, o‘tgan haftada mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari soni 64 foizga o‘sgan — 31 963ta holat.

28 iyul holatiga ko‘ra, Italiya aholisining 63,6 foizi koronavirusga qarshi vaksinaning kamida bir dozasi bilan emlangan, 52,3 foizi har ikki dozani qabul qilgan.

Avvalroq Fransiyada koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlangani e'lon qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid