O‘zbekiston | 11:58 / 03.08.2021
3076
2 daqiqa o‘qiladi

Urgutda ko‘p miqdorda geroin giyohvandlik moddasini olib ketayotgan shaxs ushlandi

Urgut tumanida ko‘p miqdorda geroin olib ketayotgan shaxs ushlandi. Ma'lum bo‘lishicha u avaldan giyohvandlik moddasi savdosi bilan shug‘ullangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Urgut shahrida yashovchi 1970 yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxs yana geroin oldi-sotdisida qo‘lga tushgan.

U Urgut tumanida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan fuqarodan 787 gramm geroin giyohvand moddasini 12 ming AQSh dollariga sotib olgan. So‘ng ular ikkalasi geroinni sotgan fuqaroning mashinasida tuman markazi tomon harakatlanayotgan vaqtda DXX Samarqand viloyat boshqarmasi, viloyat IIB va bojxona boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid