Urgut tumanida 966 gramm «opiy»ni 18 ming AQŞ dollariga sotmoqçi bölgan şaxslarga sud hukmi e'lon qilingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, DXX viloyat boşqarmasi hamda viloyat Içki işlar va bojxona boşqarmalari xodimlari hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvand moddalar savdosiga çek qöyilgan. Bir guruh şaxslar özaro jinoiy til biriktirib, oğirligi 966 gramm bölgan «opiy»ni Urgut tumani Jartepa mahallasi hududida R. ismli şaxsga 18.000 AQŞ dollariga sotayotgan çoğda jinoyat ustida qölga olingan.

Qayd etilişiça, uşbu holat yuzasidan töplangan materiallar 2021 yil fevral oyida Jinoyat işlari böyiça Urgut tuman sudi binosida, oçiq sud majlisida körib çiqilgan.

Sud sudlanuvçilar va guvohlarning körsatmalarini tinglab, jinoyat işi hujjatlarini örganib çiqib, hukmni e'lon qilgan. Sudlanuvçilarning barçasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan aybli deb topilib, 1994 yilda tuğilgan S.M.ga 10 yil 6 oy, 1999 yilda tuğilgan M.O‘.ga 11 yil 6 oy, 1993 yilda tuğilgan I.P.ga 11 yil, 1996 yilda tuğilgan Ş.H.ga 11 yil ozodlikdan mahrum etiş jazosini tayinlagan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan.