Samarqand viloyati böylab “Qoradori-2020” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining 2-bosqiçi davom etmoqda. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, 2020 yil 5 avgust kuni Urgut tumani böyiça IIO FMB tezkor xodimlari tomonidan olingan ma'lumotga asosan, Urgut tumani Kötarma mahallasida yaşovçi 1972 yilda tuğilgan N.J.ning yaşaş xonadoni közdan keçirilganda, yaşaş uyi hovlisida 5 metr kvadrat yer maydoniga balandligi 4 metr bölgan jami 12 tup “kannabis” giyohvandlik ösimligini ekib, parvarişlab kelayotganligi ma'lum böldi.
Şuningdek, xonadonni közdan keçiriş davomida uyining tomidan oğirligi taxminan 6 kilogramm bölgan marixuana giyohvandlik moddasi va yaşaş uyi içkarisidan oğirligi taxminan 100 gramm bölgan kannabis giyohvandlik ösimligi uruğlari borligi aniqlanib, daliliy aşyo tariqasida xolislar iştirokida hujjatlaştirilib olindi.
5 avgust kuni Urgut tumani böyiça IIO FMB JQB hamda DXX Urgut şahar bölimi tezkor xodimlari tomonidan olingan ma'lumotga asosan, Urgut tumani Mirzoboğlon-Çep mahallasida yaşovçi 1962 yilda tuğilgan, oilali 7 nafar farzandi bor Z.O. ismli ayolning yaşaş xonadoni közdan keçirilganda, yaşaş uyi hovlisida ekilgan pomidor ösimligining içidan 12 tup, uzumzori içidan 4 hamda oğilxonasidan 3 tup, jami 19 tup balandligi 1,50 sm bölgan “kannabis” giyohvandlik ösimligini ekib, parvarişlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar iştirokida belgilangan tartibda daliliy aşyo tariqasida hujjatlaştirilib olindi.
Şu kuni Urgut tumani böyiça IIO FMB JQB hamda DXX Çegara qöşinlari tezkor xodimlari tomonidan olingan ma'lumotga asosan, Urgut tumani Beşyoğoç mahallasida yaşovçi 1979 yilda tuğilgan T.R.ning yaşaş xonadoni közdan keçirildi.
Uşbu fuqaroning yaşaş uyi hovlisidagi uzumzori içida 15 tup hamda hovlisida ekilgan olma daraxti ostida 1 tup, jami 16 tup böyining balandligi 1 metr bölgan, “kannabis” giyohvandlik ösimligini ekib, yetiştirib kelayotganligi aniqlanib, xolislar iştirokida hujjatlaştirilib olindi.
Barça holatlar yuzasidan Urgut tumani böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















