Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Payariq tumaniga yangi hokim tayinlandi
Samarqand viloyatining Payariq tumanida hokim, prokuror, IIB boshlig‘i va DSI boshlig‘i ishdan ketdi.
Bugun, 12 avgust kuni xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov qatnashgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
2019 yildan buyon tumanga rahbarlik qilgan Dilshod Musinov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi.
Shu paytgacha Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Zafar Avazovich Ergashev Payariq tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Payariq tumanidagi sektor rahbarlari ham vazifasidan ozod etilgan. Sessiyada tumanga yangi prokuror, IIB boshlig‘i hamda Davlat soliq inspeksiyasi rahbari tayinlangani ma'lum qilingan.
Bundan oldinroq Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida, Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida hamda Xorazm viloyatining Xiva tumanida hokimlar almashgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
12:48 / 27.11.2025
Mahmud Istamov adliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
16:33 / 25.11.2025