Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Azim Ahmadxo‘jayev Energetika vaziri birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
Azim Isroilovich Ahmadxo‘jayev prezidentning 31 avgustdagi qarori bilan Energetika vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqdagi ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.
Azim Ahmadxo‘jayev 2019 yildan buyon Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Azim Ahmadxo‘jayev 1979 yilda tug‘ilgan, 2002 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2011 yildan Milliy bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari, raisning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan, 2016 yil may oyidan 2017 yil martigacha «Asaka» bankini boshqargan.
2017−2018 yillarda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan. 2018 yil fevralidan avgustigacha O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri bo‘lgan. Jizzax viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘lib ketishidan oldin Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyot va blokcheynni rivojlantirishga mas'ul lavozimda ishlagan.
Bundan oldinroq Energetika vaziri o‘rinbosari Behzod Normatov «O‘ztransgaz» AJ boshqaruv raisi lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid
16:12 / 05.06.2026
AESda ishlab chiqarilgan 1 kWh elektr narxi 1000 so‘mdan past bo‘ladi - Azim Ahmadxo‘jayev
10:59 / 05.06.2026
O‘zbekistonda quriladigan AES qiymati 9,5 milliard dollardan oshmaydi - "O‘zatom" direktori
16:56 / 24.03.2026
Jizzaxda AES qurilishining beton quyish bosqichiga o‘tildi
20:26 / 03.10.2025