Prezident huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyot va blokçeynni rivojlantirişga mas'ul bölgan Azim Ahmedxöjayev Jizzax viloyati hokimi örinbosari etib tayinlandi. Bu haqdagi ma'lumotni Jizzax viloyati hokimligi Kun.uz’ga tasdiqladi.

Qayd etilişiça, A. Ahmedxöjayev Jizzax viloyati hokimining investitsiyalar böyiça örinbosari bölgan. 

U LBMA direktori örinbosari sifatida mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy va sanoat jihatidan kompleks rivojlantiriş böyiça boşlagan işini davom ettiradi. Yangi hokim örinbosari şuningdek, hokimiyat jamoasi bilan birgalikda viloyatda investitsion muhitni yaxşilaş, turistik imkoniyatlarni köpaytiriş hamda mintaqaning taşqi körinişi bilan yaqindan işlaş niyatida.

Azim Ahmedxöjayev 1979 yilda tuğilgan. Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvçisi (2002 yil). 2018 yilning fevral - avgust oylarida Özbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri bölgan, 2017—2018 yillarda Investitsiyalar böyiça davlat qömitasiga rahbarlik qilgan. 

2016 yil mayidan 2017 yil martiga qadar «Asaka-bank» boşqaruvi raisi, bungaça — 2011 yil mayidan Milliy bank boşqaruvi raisi örinbosari, raisning birinçi örinbosari lavozimlarida işlagan. Bundan avval — 2009 yil yanvaridan Milliy bankning NBU Invest Group şö'basiga raislik qilgan. Bungaça Iqtisodiyot vazirligi hamda Özbekiston tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi tuzilmalarida işlagan.

Prezidentning 10 yanvarda qabul qilingan "Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirişni davlat tomonidan tartibga soliş va boşqarişning samarali modelini işlab çiqiş töğrisida"gi farmoni bilan 2019 yil 1 martdan boşlab Jizzax viloyatida “Ilğor hudud” sinov loyihasi amalga oşiriladi. 

Farmonga köra, Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi sinov loyihani tizimli va samarali tayyorlaş hamda amalga oşiriş uçun mas'ul organ hisoblanadi.

Axborot texnologiyalari vazirligiga rahbar tayinlandi, Şermatov boşqa işga ötkazildiAzim Axmedxöjayev lavozimdan olindi Jizzax viloyati «Ilğor hudud»ga aylantiriladi