Jahon | 19:49 / 08.09.2021
12088
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Afg‘onistonga shoshilinch yordam tariqasida 30 mln dollar ajratadi

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Ining so‘zlariga ko‘ra, ushbu mablag‘ oziq-ovqat va dori-darmonlar sotib olish, vaksinatsiya uchun ishlatiladi.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I / Foto: Getty Images

Xitoy hukumati Afg‘onistonga shoshilinch yordam tariqasida 200 mln yuan (30 mln dollar) ajratadi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ma'lum qildi.

“Afg‘on xalqi ehtiyojlaridan kelib chiqib, mamlakatimiz Afg‘onistonga 200 mln yuan miqdorida shoshilinch yordam ajratadi”, – dedi u.

Van Ining so‘zlariga ko‘ra, ushbu mablag‘ oziq-ovqat va dori-darmonlar sotib olish, vaksinatsiya uchun ishlatiladi.

“Zarur sharoitlar paydo bo‘lishi bilan Xitoy Afg‘onistonga tiklanish va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda yordam beradi”, – deb qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq Xitoy TIV vakili Van Venbin Pekin Afg‘onistonning yangi hukumati bilan muloqotga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid