Xitoy hukumati "Tolibon" harakati tomonidan tuzilgan Afğonistonning yangi hukumati bilan muloqotga tayyor. Bu haqda Xitoy taşqi işlar vazirligi vakili Van Venbin ma'lum qildi.

"Biz yangi afğon hukumati bilan muloqotni qöllab-quvvatlaşga tayyormiz", — dedi u.

Venbinning sözlariga köra, Pekin Afğonistondagi yangi hukumat "xalq manfaatlarini hisobga olişi va xalqaro hamjamiyat kutayotganidek harakat qilişi"dan umidvor.

"Afğoniston hukumati tolerant böladi va terrorizmga qarşi hamkorlik qiladi deb umid bildiramiz", — dedi Venbin.

Uning qayd etişiça, Afğonistonda yangi vazirlar mahkamasi şakllanişi "bu mamlakatda hukumat yöq bölgan uç haftalik davr tugaganini bildiradi".

"Xitoy Afğoniston suvereniteti va mustaqilligini hurmat qiladi", — deb ta'kidladi Venbin.

Avvalroq Özbekiston taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Afğonistonda muvaqqat hukumat tuzilişi yuzasidan bayonot bergandi.