O‘zbekiston | 09:08 / 14.09.2021
1925
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda «opiy» giyohvandlik moddasini olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida «opiy» giyohvandlik moddasini olib ketayotgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 10 sentyabr kuni DXX Samarqand viloyat boshqarmasi, Kattaqo‘rg‘on shahar IIB jinoyat qidiruv bo‘limi hamda viloyat IIB YHXB xodimlari hamkorligida Kattaqo‘rg‘on shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida fuqaro I.Ya. boshqaruvida bo‘lgan «Lasetti» to‘xtatilib xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, mashinada bir dona sellofan paketga o‘ralgan «opiy» giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid