Samarqandda «opiy» giyohvand moddasi savdosi bilan shug‘ullangan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi
Samarqand viloyati Urgut tumanida «opiy» giyohvand moddasini sotayotgan guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, 2021 yil 22 mart kuni Samarqand viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Urgut tumani Terak mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan M.Sh. sherigi M.U. bilan nazoratli xaridorga 2,7 million so‘m evaziga 10 gramm «opiy» giyohvand moddasini sotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan M.Sh. bilan olib borilgan tezkor surishtiruvda, u «opiy»ni tog‘asi – Urgut tumani Chumchuqli mahallasida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan A.J.dan olganligini ma'lum qilgan.
Holat yuzasidan A.J. ushlanib, shaxsiy tintuv qilinganida yonidan taxminan og‘irligi 1,51 gramm «opiy» topilgan. Surishtiruvda, A.J. ushbu «opiy»ni Urgut tumani Chep mahallasida yashovchi 1975 yilda tug‘ilgan «Bobur» ismli shaxsdan olganligini bildirgan.
Bundan tashqari, tadbir davomida ushlangan M.U. o‘z tanishi, Urgut tumani Terak mahallasida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan P.M.dan telefon orqali «opiy» topib berishini so‘ragan. P.M. rozi bo‘lgan. Ular ko‘rishgan vaqtda P.M. ushlanib, xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganida, uning yonidan 2 dona rangsiz sellofan paketga o‘ralgan 0,94 gramm «opiy» topilib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Surishtiruv davomida, u «opiy»ni Urgut tumani Chumchuqli mahallasida yashovchi shaxsdan olganligini ma'lum qilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida mazkur shaxs aslida Urgut tumani Chumchuqli mahallasida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan U.I. ekanligi aniqlangan. 2021 yil 24 mart kuni uning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklarida tintuv o‘tkazilganda, uyning chordog‘idagi oyoq kiyim ichiga solingan taxminan og‘irligi 20 gramm «opiy» giyohvandlik moddasiga o‘xshash modda va yashash uyi oshxonasidan ko‘knori o‘simligiga o‘xshash giyohvand modda topilib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holatlar yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
08:51 / 20.11.2024
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024