Jahon | 23:35 / 17.09.2021
15167
1 daqiqa o‘qiladi

“Tolibon” Afg‘onistonning yangi konstitutsiyasi loyihasini tayyorladi – OAV

Xabar qilinishicha, mamlakat bosh qonunida “Afg‘oniston Islom Amirligi”ning asosiy tamoyillari aks etgan.

Foto: Reuters

“Tolibon” harakati Afg‘oniston ning konstitutsiyasi loyihasini tayyorladi, deb xabar berdi Aamaj News agentligi.

Konstitutsiyada “Afg‘oniston Islom Amirligi”ning asosiy tamoyillari aks etgan. Hujjat 12 bob va 179 moddadan iborat. Unda mamlakat qonunlari va siyosati faqat hanafiylik yurisprudensiyasiga asoslanishi ko‘rsatilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, barcha fuqarolar hech qanday cheklovlarsiz teng huquqqa ega. Hukumat islomiy fanlarni rivojlantiradi va diniy maktablar tashkil etadi.

Afg‘onistonning yangi bayrog‘i oq rangda bo‘ladi. Mamlakatda pushtu va dariy tillari rasmiy til hisoblanadi, maktablarda arab tili o‘qitiladi.

7 sentyabr kuni “Tolibon” Afg‘onistonning vaqtinchalik hukumati tarkibini e'lon qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid