Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar o‘quvchi qizlar yaqin vaqt ichida maktablarga qaytishini ma'lum qildi
Avvalroq Afg‘oniston Ta'lim vazirligi erkak o‘qituvchilar va o‘quvchilarni maktablarga qaytishga chaqirgandi.
Foto: Valery Melnikov
Afg‘onistonda hokimiyatni egallagan "Tolibon" harakati qizlar yaqin vaqt ichida maktablarda o‘qishni boshlashini rejalashtirmoqda. Bu haqda harakat vakili, axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari Zabihulla Mujohid ma'lum qildi.
"Afg‘oniston islom amirligi mansabdor shaxslari sinflarni qanday bo‘lish hamda maktablarda qizlar uchun o‘qituvchilarni qanday taqsimlash ustida ish olib bormoqda", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Bakhtar agentligi.
Avvalroq Afg‘oniston Ta'lim vazirligi erkak o‘qituvchilar va o‘quvchilarni maktablarga qaytishga chaqirgandi.
Ta'lim vazirligining ta'kidlashicha, 6–12-sinflarda o‘qiydigan barcha o‘g‘il bolalar hamda erkak o‘qituvchilar 18 sentyabrdan maktablarga qaytishi shart.
Mavzuga oid
17:31
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
18:25 / 25.05.2026
Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi
21:29 / 21.05.2026
Yevropa “Tolibon”dan nima xohlayapti?
14:30 / 17.05.2026