Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Roman Abramovichning samolyoti sotuvga qo‘yildi
34 nafargacha yo‘lovchini sig‘dira oladigan Boeing 767-300ER samolyoti 2003 yilda ishlab chiqarilgan va 2007 yildan foydalanila boshlangan. Layner o‘quv zali, uchta yotoqxona, oshxona va mehmonxona bilan jihozlangan.
Rossiyalik milliarder Roman Abramovichning Boeing 767-300ER yo‘lovchi samolyoti sotuvga qo‘yildi, deb xabar berdi Forbes o‘z manbalariga tayanib.
Havo kemasini sotish bilan Global Jet Monaco SAM operatori shug‘ullanmoqda. Nashr manbalarining so‘zlariga ko‘ra, uning taxminiy narxi 100 mln dollarni tashkil etadi.
34 nafargacha yo‘lovchini sig‘dira oladigan Boeing 767-300ER samolyoti 2003 yilda ishlab chiqarilgan va 2007 yildan foydalanila boshlangan. U o‘shanda 315 mln dollarga sotib olingan. Layner o‘quv zali, uchta yotoqxona, oshxona va mehmonxona bilan jihozlangan. Samolyotning parvoz masofasi 11,3 ming kilometrni tashkil etadi.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026