Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada Yevroittifoq hududida kriptovaluta yig‘ishni taqiqlash taklif qilindi
Ta'kidlanishicha, kriptovaluta yig‘ish atmosferaga yiliga 120 mln tonna is gazi ajralib chiqishiga olib keladi.
Shvetsiya moliyaviy nazorat boshqarmasi boshlig‘i Erik Tedeyen va atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi rahbari Byorn Rayzinger Yevroittifoq hududida Proof-of-Work (PoW) algoritmi orqali kriptovaluta mayningi bilan shug‘ullanishni taqiqlash taklifi bilan chiqdi.
Ularning fikricha, kriptovaluta yig‘ish atmosferaga yiliga 120 mln tonna is gazi ajralib chiqishiga olib keladi.
Proof-of-Work algoritmi tranzaksiyalarni tasdiqlash va yangi bloklar yaratish uchun qo‘llanadi. Hozirda bitkoyn, Ethereum, Litecoin, Dogecoin, Monero va boshqa kriptovalutalar PoW algoritmida ishlaydi.
Avvalroq Nigeriya Afrikada birinchi bo‘lib raqamli valutani muomalaga kiritgandi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026