Maskning boyligi bir kunda 33 mlrd dollarga kamaydi
Ilon Maskning boyligi Tesla kompaniyasi aksiyalari narxi tushishi ortidan kamaydi. Seshanba kuni aksiyalar 12 foizga arzonlashdi.
Dunyoning eng boy oadmi, Tesla rahbari Ilon Maskning boyligi bir kunda 33,3 mlrd dollarga kamaydi.
Forbes Real-Time reytingi ma'lumotiga ko‘ra, milliarderning boyligi 271 mlrd dollar deb baholanmoqda. Dushanba kuni kechqurun uning boyligi 304,3 mlrd dollarga teng edi.
Yo‘qotishga qaramasdan, Mask jahonning eng boy kishilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni saqlab qoldi. Undan keyingi o‘rinda 205,9 milliard dollar bilan Amazon asoschisi Jyeff Bezos turibdi.
Maskning boyligi Tesla kompaniyasi aksiyalari narxi tushishi ortidan kamaydi. Seshanba kuni aksiyalar 12 foizga arzonlashdi.
Tesla aksiyalari narxi Mask Twitter orqali o‘z aksiyalarining 10 foizini sotishi to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazgandan keyin ketma-ket ikki kundan buyon pasaymoqda.
Oregon shtati senator-demokrat Ron Uayden faqat eng badavlat kishilargagina tegishli bo‘lgan yangi “milliarderlardan olinadigan soliq” turini kiritishni taklif etganidan keyin Tesla asoschisi mazkur so‘rovnomani o‘tkazishga qaror qilgandi.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi vaqtda AQShda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash usullaridan biri — amalga oshirilmagan daromad haqida ko‘p gapirilyapti. Bu vaziyatda elektromobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyasining 10 foiz aksiyasini sotishdan boshqa chora qolmaydi.
Ma'lum bo‘lishicha, so‘rovnoma o‘tkazilishidan bir kun avval Ilon Maskning ukasi Kimbal Mask o‘ziga tegishli 88 500 dona aksiyaning har birini 1229,91 dollardan sotib yuborgan.
Mavzuga oid
22:34 / 10.10.2024
Ilon Mask Tesla tadbirida «kibertaksi»ni namoyish etadi
21:16 / 06.10.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, amerikaliklarni Marsga qo‘ndirishga va’da berdi
15:21 / 06.10.2024
«U g‘olib bo‘lishi kerak». Ilon Mask Trampni qo‘llab-quvvatladi
22:34 / 30.09.2024