Ulug‘bek Uzoqov Qashqadaryo viloyatiga ishga o‘tdi
Jizzax viloyati sobiq hokimi, yil boshidan buyon Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Uzoqov Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Obloyor Boymirov lavozimidan ozod etildi. Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, Ulug‘bek Uzoqov viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Muqaddam Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Obloyor Boymirov 2019 yil kuzida, viloyatga Zoyir Mirzayev rahbar bo‘lganida uning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Ulug‘bek Uzoqov 1969 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
Ko‘p yillar davomida Vazirlar Mahkamasi qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi masalalari axborot-tahlil departamenti boshlig‘i bo‘lib ishlagan Uzoqov 2016 yilda Jizzax viloyatiga hokim bo‘lgan, 2017 yil kuzida paxta yig‘imi mavsumida qo‘shib yozishga yo‘l qo‘yishda ayblanib, viloyat hokimligidan olingan va viloyatning Do‘stlik tumani hokimligiga tushirilgandi.
U 2021 yil yanvarida, Toshkent viloyatiga Davron Hidoyatov rahbar bo‘lib kelganida unga o‘rinbosarlikka (Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga) o‘tkazilgandi.
- Ma'lumot uchun, ayni vaqtda Davron Hidoyatov viloyat hokimi lavozimidan olinishi kutilmoqda. Uning o‘rnini 2019 yildan buyon Qashqadaryo viloyatini boshqarib kelgan Zoyir Mirzayev egallaydi.
- Bungacha Qashqadaryo viloyatiga Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Murodjon Azimov yangi hokim etib tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi
Jahon | 00:43
-
Niderlandiya qiroli mamlakatni «tish-tirnog‘igacha qurollantirishga» chaqirdi
Jahon | 00:22
-
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi
Jahon | 23:58 / 24.04.2025
-
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi
Jahon | 23:25 / 24.04.2025
Mavzuga oid

18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi

17:07 / 07.04.2025