Toshkent viloyati hokimi ishdan olindi. Uning o‘rnini Jahongir Ortiqxo‘jayevning o‘rinbosari egalladi
Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov lavozimidan ozod etildi. O‘zbekiston prezidentining bu haqdagi farmoni e'lon qilindi.

Uning o‘rniga Toshkent shahar hokimining endilikda sobiq birinchi o‘rinbosari Davron Hidoyatov Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Bugun, 30 yanvar kuni, Toshkent viloyati xalq deputatlari Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bosh vazir Abdulla Aripov ham qatnashgan. Yig‘ilish davomida viloyat hokimi Rustam Xolmatov ishdan olingan.
Rustam Xolmatov 2019 yil 4 iyundan Toshkent viloyati hokimi vazifasida ishlab kelayotgandi.

Yig‘ilishda 2018 yildan buyon Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Davron Hidoyatov Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Davron Hidoyatov (1976 yilda tug‘ilgan) — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (1998 yil) va O‘zbekiston bank-moliya akademiyasi (2001) bitiruvchisi. 1996−2004 yillarda O‘zbekiston Markaziy banki tizimida, 2004−2005 yillarda «Osiyo-Invest Bank» (Moskva) boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.
2009 yildan 2012 yilgacha GM Uzbekistan kompaniyasining moliya bo‘yicha ijrochi direktori, 2012 yildan 2014 yilgacha MAN Auto-Uzbekistan QK bosh direktori lavozimlarida xizmat qilgan.
2014 yildan Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi sifatida ishlagan Hidoyatov 2017 yilning aprelida lavozimdan olinib, Chilonzor tumani hokimligiga tushirilgandi. 2018 yil oktyabrida esa Toshkent shahri hokimiga arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosar bo‘lgandi.
Oldinroq Olmazor tumani hokimi Baxtiyor Rahmonov Hidoyatov o‘rniga Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ucell mobil abonentlar soni bo‘yicha 10 millionlik marradan o‘tdi
O‘zbekiston | 16:59
-
Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi
Jamiyat | 16:34
-
Shakarga aksiz to‘lovi bekor qilinadi. Quruq sut importiga qo‘yilgan cheklovlar ham olib tashlanadi
O‘zbekiston | 16:32
-
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
Jamiyat | 16:21
Mavzuga oid

12:41 / 20.03.2024
«O‘zavtosanoat» raisiga ikki o‘rinbosar tayinlandi

11:24 / 18.03.2024
Davron Hidoyatov yangi lavozimga tayinlandi

23:21 / 13.03.2024
Chirchiq shahri hokimi boshqa ishga o‘tadi

19:56 / 18.07.2023