Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask yana 1 mlrd dollarlik aksiyalarini sotdi
Mask to‘rt haftadan buyon o‘z kompaniyasining aksiyalar paketlarini sotmoqda.
Tesla bosh direktori Ilon Mask 1,01 mlrd dollarga 934 ming donadan ortiq aksiyalarini sotdi.
Mask to‘rt haftadan buyon o‘z kompaniyasining aksiyalar paketlarini sotmoqda. U shu kunga qadar qiymati 10 mlrd dollardan ortiq aksiyalarini sotdi.
U 6 noyabrda Twitter’da foydalanuvchilar o‘rtasida o‘z aksiyalarini sotish borasida so‘rovnoma o‘tkazgandi. Mask buni 15 mlrd dollarlik soliqni to‘lash uchun qilayotganini aytgandi. Foydalanuvchilarning aksariyati uning bu fikrini qo‘llab-quvvatlaganidan so‘ng 8 noyabr kuni 1,1 mlrd dollarlik dastlabki aksiyalar paketini sotdi.
Bloomberg agentligining yozishicha, aksiyalarni sotish sxemasi so‘rovnoma o‘tkazilishidan oldinroq ishlab chiqilgan.
Ilon Mask dunyoning eng boy odami hisoblanadi. Bloomberg milliarderlar indeksiga ko‘ra, uning boyligi miqdori 300 mlrd dollardan ortiq.
Mavzuga oid
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
08:50 / 12.06.2026