Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yomoniga tayyorgarlik ko‘rish kerak” – NATO Ukraina bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risida
Stoltenberg NATO hozirda ittifoqchilarga nisbatan bevosita tahdidni ko‘rmayotgani, "biroq o‘sib borayotgan keskinlikni ko‘rayotgani"ni aytdi.
Foto: EPA/Vostock-photo
NATO Ukraina atrofidagi vaziyat borasida yaxshisiga umid qilishi, lekin yomoniga tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Yyens Stoltenberg ana shunday fikr bildirdi, deb xabar berdi TASS.
"Rossiya tomonidan harbiy qudratni kuchaytirishdan aniq maqsad borasida oydinlik yo‘q. Shunday ekan, biz albatta yaxshisiga umid qilishimiz, ammo yomoniga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak", - dedi u.
Stoltenberg NATO hozirda ittifoqchilarga nisbatan bevosita tahdidni ko‘rmayotgani, "biroq o‘sib borayotgan keskinlikni ko‘rayotgani"ni aytdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, NATO Rossiyaning harakatlarini kuzatadi va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Avvalroq Yyens Stoltenberg Ukrainaning NATOga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qaror Kiyevning o‘zi va alyansning 30 a’zosi tomonidan qabul qilinishini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:47 / 25.01.2026
Ukraina o‘z yerlarini berib qo‘ymaydi – Zelenskiy
13:18 / 24.01.2026
Germaniya: Moskva murosaga tayyor bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi
11:10 / 24.01.2026
Rossiya kechasi Kiyev va Xarkivdagi energiya obektlariga yana zarba berdi
09:58 / 24.01.2026