Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojik-qirg‘iz chegarasida otishma yuz bergani xabar qilindi
22 dekabr kuni Ovchi-Kalach qishlog‘i va Laylak rayoni chegarasi hududida ham otishma yuz bergani qayd etilgan.
Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida otishma yuz berdi. Bu haqda Isfara shahri meri Zubaydullo Shomadovga tayanib Sputnik Tojikiston xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, Chorko‘h aholi maskanida yashovchi fuqaroning uyi Qirg‘iziston tomondan o‘qqa tutilgan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.
22 dekabr kuni Ovchi-Kalach qishlog‘i va Laylak rayoni chegarasi hududida ham otishma yuz bergani qayd etilgan.
O‘tgan haftada Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi Qirg‘iziston bilan chegarada joylashgan Somoniyon qishlog‘ida mojaro yuz berganini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprelida tojik-qirg‘iz chegarasida yuz bergan qurolli to‘qnashuvlar davomida har ikki tomondan 55 kishi halok bo‘lgan, 300ga yaqin kishi tan jarohati olgandi.
Mavzuga oid
20:05 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bosh vazirini qabul qildi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
18:02 / 02.06.2026