Jahon | 16:37 / 09.02.2022
15602
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Isroilgacha yetib boradigan yangi raketasini namoyish qildi

Raketa to‘laligicha mahalliy butlovchi qismlardan tayyorlangan va raketaga qarshi mudofaa tizimini yo‘q qila oladi.

Foto: AP

Eron AQShning mintaqada joylashgan bazalari va Isroil hududigacha yetib boradigan yangi raketasini taqdim etdi. Bu haqda Times of Israel nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, raketa 1450 km masofaga parvoz qilishi mumkin.

Raketa «Xaybar-Shekan» deb nomlangan bo‘lib, islom davri boshlanishi vaqtida musulmonlar tomonidan egallangan yahudiylar qal’asi nomiga ishora qilingan.

Mahalliy OAVning yozishicha, raketa to‘laligicha mahalliy butlovchi qismlardan tayyorlangan va raketaga qarshi mudofaa tizimini yo‘q qila oladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid