Toshkentda pulli «parkovka»lar tashkil etiladigan ko‘chalar ro‘yxati e’lon qilindi

Foto: vilnius.lt
Prezident “Toshkent shahar jamoat transport tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
«Toshkent shahri markaziy ko‘chalarida tirbandlikni, avtotransport oqimini kamaytirish, jamoat transporti harakatining o‘rtacha tezligini oshirish, avtomobillarning yo‘llar bo‘ylab tartibsiz to‘xtab turishini tartibga solish, aholining jamoat transportidan foydalanishini rag‘batlantirish maqsadida yo‘l chetida avtomashinalarning pulli to‘xtash joylari tizimi joriy etiladi», deyiladi hujjat matnida.
2022 yilda 10 ta markaziy ko‘chalarda davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobillarning avtomatlashtirilgan yo‘lbo‘yi pulli to‘xtash joylari tashkil etiladi. Ro‘yxatga Fidokor, Amir Temur, Nukus, Bratislava, Mirobod, Glinka, Avliyoota, T.Shevchenko, Said Baraka, Moshtabib, Yakub Kolas ko‘chalari kiritilgan.
Avtoturargohlarni yaratish bo‘yicha barcha ishlar yil oxirigacha yakunlanishi kerak. Vazirlar Mahkamasiga yo‘l chetidagi avtomatlashtirilgan pulli avtoturargohlarni tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida qaror qabul qilish topshirildi.
Toshkent shahrining magistral ko‘chalari - Keles yo‘li, Ahmad Donish, Bog‘ishamol, Buyuk ipak yo‘li, Maxtumquli, Farg‘ona yo‘li, Lutfiy, Beshqayrag‘och, Ko‘kcha darvoza va Beruniy ko‘chalaridagi 11 ta avtobus yo‘nalishida alohida yo‘laklar tashkil etiladi. Joriy yil Ahmad Donish ko‘chasida alohida yo‘lak ishga tushiriladi.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaqin 75 yil ichida dengiz sathi uch metrga ko‘tarilishi mumkin - olimlar
Fan-texnika | 00:12
-
YeI davlatlari «Ozodlik radiosi» uchun muqobil moliyalashtirish manbalarini qidiradi
Jahon | 23:38 / 18.03.2025
-
Putin Ukraina energetika obektlariga 30 kun zarba bermaslikni qo‘llab-quvvatladi va «harbiylarga tegishli buyruq berdi»
Jahon | 23:07 / 18.03.2025
-
Bundestag mudofaa xarajatlarini oshirishga yordam beradigan qonunni ma’qulladi
Jahon | 22:25 / 18.03.2025
Mavzuga oid

08:10 / 18.03.2025
Toshkentda Lexus yo‘l chetida turgan mashina va fuqaroni urib yubordi

21:22 / 17.03.2025
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi

12:20 / 17.03.2025
Yuzlab insonlarni chuv tushirgan avtolizingchilarga hukm o‘qildi

10:01 / 17.03.2025