Iqlimşunoslar dengiz sathi BMTning Iqlim özgarişi böyiça hukumatlararo ekspertlar guruhi (IPCC) prognozlarida körsatilgandan ança yuqori darajada kötarilişi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Olimlarning fikriça, yaqin 75 yilda dengiz sathi uç metrga kötarilişi mumkin. Uşbu mavzuga bağişlangan hisobot mualliflari IPCC’ning 2100 yilga borib dengiz sathi 1 metrga kötarilişi haqidagi xulosasi yetarliça baholaşlarni hisobga olmaganini ta’kidlamoqda.

Qayd etilişiça, mazkur holat Daniya uçun jiddiy tahdid tuğdiradi, çunki uning qirğoq hududlarini katta qismi dengiz sathiga nisbatan past joylaşgan. Agar dengiz sathi kötarilsa, uşbu hududlar xavf ostida qolişi mumkin.

«Dengiz sathining kötarilişiga yetarliça tayyormizmi va siyosatçilar bunga jiddiy e’tiob qaratyaptimi — meni şu taşvişga soladi. Bizdagi işonçli ma’lumotlarga köra, agar harorat 2-3 darajaga kötarilsa, dunyo muz qatlamlarining ayrim qismlari muqarrar yemiriladi. Natijada, dengiz sathi bu asrda IPCC tomonidan «eng yomon ssenariy» sifatida baholangan 1 metrdan ança köproqqa kötarilişi mumkin», — deydi Kopengagen universiteti professori Dorte Dal-Yyensen.

Uning sözlariga köra, dengiz sathining bir neça metrga kötarilişi asta-sekin emas, balki sakraşlar bilan yuz berişi mumkin. Uşbu xulosani dunyoning turli universitetlarini 28 nafar okeanolog olimlari qöllab-quvvatlagan.

Avvalroq Copernicus iqlim özgarişi böyiça Yevropa xizmati dunyo okeanidagi muz qoplamining maydoni eng past darajagaça qisqarganini ma’lum qilgandi. Fevralda Arktika va Antarktidadagi muz qoplamining umumiy maydoni 16,04 million kvadrat kilometrni taşkil etgan, bu 1979 yildan beri rekord darajadagi eng past darajadir.