AQSh Alisher Usmonovning kompaniyalariga sanksiya qo‘llamaydigan bo‘ldi
Qayd etilishicha, hattoki 50 foizdan ortiq ulushi Usmonovga tegishli bo‘lgan kompaniyalarga ham sanksiyalar qo‘llanmaydi.
AQSh moliya vazirligi rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga tegishli kompaniyalarni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqardi, deb xabar berdi “Forbs”.
Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) direktori Andrea Gaki imzolagan hujjatga ko‘ra, hattoki 50 foizdan ortiq ulushi Usmonovga tegishli bo‘lgan kompaniyalarga ham sanksiyalar qo‘llanmaydi.
Office of Foreign Assets Control — AQSh moliya vazirligining xorijliklar va xorij kompaniyalariga qarshi sanksiyalarni nazorat qiladigan bo‘linmasi.
Hujjatda aytilishicha, Usmonov OFAC cheklov kiritgan shaxslar ro‘yxatida yo‘q, AQShdagi uning ishtirokidagi mulk va yuridik shaxslar ulushlari cheklovlardan chiqariladi, ularga o‘z hisoblaridan mablag‘ yechishga ruxsat beriladi.
Bu istisno Usmonovning ilgari u yoki bu sabab bilan cheklovlar kiritilgan aktivlari yoki kompaniyalarining moliyaviy operatsiyalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Avvalroq Oq uy “Transneft” rahbari Nikolay Tokarev, “Rostex” rahbari Sergey Chemezov va VEB.RF raisi Igor Shuvalov, milliarderlar Alisher Usmonov, Arkadiy va Boris Rotenberg, biznesmen Yevgeniy Prigojin va Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga nisbatan sanksiyalar kiritgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:38 / 04.11.2024
Germaniyada Alisher Usmonovga nisbatan tergov to‘xtatildi
12:03 / 31.10.2024
AQSh O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yana ikki kompaniyaga qarshi sanksiya kiritdi
11:10 / 31.10.2024
AQSh Rossiya mudofaa vazirining besh o‘rinbosariga qarshi sanksiyalar kiritdi
20:49 / 29.10.2024