Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Air Astana Rossiyaga barcha parvozlarini bekor qiladi
Bunga sabab sifatida Rossiya hududida tijorat parvozlarini sug‘urtalash to‘xtatilgani keltirilgan.
Air Astana aviakompaniyasi Rossiya hududidagi barcha tijorat reyslarini to‘xtatdi.
«Aviakompaniya parvozlarni tezroq tiklash masalasida Qozog‘iston hukumati bilan birgalikda ish olib boradi. Bekor qilingan reyslar yo‘lovchilaridan to‘lovlarni qaytarib olish uchun xarid joyiga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Pullarni qaytarish to‘liq hajmda amalga oshiriladi», — deyiladi kompaniya bayonotida.
Shuningdek, Turkiyaning Pegasus aviakompaniyasi ham Ukraina atrofidagi vaziyat sababli Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalar fonida 13–27 mart kunlari Rossiyaga parvozlarni amalga oshirmaydi.
Avvalroq, 6 martdan boshlab «Ozarboyjon havo yo‘llari» va Buta Airways Rossiyaning barcha shaharlariga parvozlarni vaqtinchalik to‘xtatgandi.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026