Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston bug‘doy va un eksportini cheklashni rejalashtirmoqda
Qayd etilishicha, bu chora "mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tegirmonchilarga bug‘doy sotishni xohlamayotgani" bilan bog‘liq.
Qozog‘iston ichki bozorni himoya qilish uchun bug‘doy va un eksportiga vaqtinchalik cheklovlar kiritish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda respublika qishloq xo‘jaligi vaziri Yerbol Karashukeyev ma’lum qildi.
"Bug‘doy va un eksportiga cheklovlar kiritish ustida ish olib borilmoqda", - dedi u.
Karashukeyevning so‘zlariga ko‘ra, bu chora "mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tegirmonchilarga bug‘doy sotishni xohlamayotgani" bilan bog‘liq.
"Rossiya bug‘doy eksportini taqiqladi, vaziyatni bilamiz, nazoratda ushlab turibmiz. Bizda ichki bozor uchun bug‘doy yetarli... eksportga ham qoladi. Eksportyorlar ichki bozorga sotishni istamayapti, eksport narxi oshishini kutyapti", - dedi vazir.
Shu bilan birga, Karashukeyev cheklovlar qachondan kiritilishini aytmadi.
Mavzuga oid
09:10 / 03.07.2026
Qozog‘istonda qiyin ahvolga tushgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
22:06 / 30.06.2026
To‘qayev Qozog‘istondagi hokimiyatda keng ko‘lamli o‘zgarishlarni e’lon qildi
20:30 / 28.06.2026
Qozog‘iston qurolli kuchlari yuqori darajadagi jangovar shaylik holatiga keltiriladi
20:26 / 25.06.2026