Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston prezidenti ichki ishlar vazirini ishdan bo‘shatdi
Sardor Berdimuhammedov huquq-tartibot organlari rahbariyati qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yganini ta’kidlagan.
Foto:Turkmenistan Altyn Asyr
Turkmaniston prezidenti Sardor Berdimuhammedov Ovezdurdi Xo‘janiyozovni ichki ishlar vaziri lavozimidan ozod qildi.
Berdimuhamedov davlat xavfsizlik kengashi yig‘ilishida bu haqda e’lon qilgan.
Xabar qilinishicha, yig‘ilishda Turkmaniston prezidenti huquq-tartibot organlari rahbariyati qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yganini ta’kidlagan.
O‘tgan yili Xo‘janiyozov «faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari» uchun sobiq prezident Gurbanguli Berdimuhammedovdan qattiq hayfsan olgandi.
Shu kungacha Lebop oblasti politsiya boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Muhammad Xidirov ichki ishlar vaziri etib tayinlangan.
Mavzuga oid
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026
Erondagi o‘zbekistonliklarga Turkmaniston orqali chiqishga ko‘maklashiladi
22:48 / 15.02.2026