Moldova parlamenti spikeri MDHdan chiqishni muhokama qilish taklifi bilan chiqdi
Igor Grosuning so‘zlariga ko‘ra, siyosiy munozaralar natijalari bo‘yicha MDH tarkibida qolish-qolmaslik borasida qaror qabul qilish lozim.
Moldova hukumati Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zolikning ijobiy va salbiy tomonlarini muhokama qilishi kerak, dedi Moldova parlamenti spikeri Igor Grosu.
Uning so‘zlariga ko‘ra, siyosiy munozaralar natijalari bo‘yicha MDH tarkibida qolish-qolmaslik borasida qaror qabul qilish lozim.
Grosuning bildirishicha, hozirda Moldova barcha mahsulotlarining 70 foizini Yevroittifoqqa yetkazib bermoqda.
«Bu tashkilotning bir qismi bo‘lishda davom etamizmi-yo‘qmi, siyosiy munoazar o‘tkazishimiz kerak deb o‘ylayman»,— dedi Igor Grosu.
Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarboyjon, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston MDH a’zosi hisoblanadi. 2009 yilda Gruziya MDHni tark etgan. Ukraina 2014 yildan MDHda ishtirok etishni to‘xtatish jarayonini boshlagan.
Mavzuga oid
09:20 / 04.10.2024
Moldova RFni YeI bo‘yicha referendum ishtirokchilariga pora berganlikda aybladi
14:25 / 28.09.2024
Toshkentda MDH saylovlarni kuzatish missiyasi ish boshladi
12:58 / 28.09.2024
Moldovada yettita kremlparast sayt bloklandi
21:30 / 19.09.2024