Jahon | 18:00 / 31.05.2022
20964
2 daqiqa o‘qiladi

Xerson va Zaporojyeda aholiga Rossiya pasportlarini berish boshlandi

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullinning so‘zlariga ko‘ra, pasport olish uchun 50dan ortiq odam ariza bergan. 

Foto: Reuters

Ukrainaning Rossiya harbiylari tomonidan egallangan Xerson va Zaporojye oblastlarida aholiga Rossiya pasportlarini berish jarayoni boshlandi. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullinning so‘zlariga ko‘ra, pasport olish uchun 50dan ortiq odam ariza bergan.

Avvalroq Zaporojyening Melitopol shahrida Rossiya federal migratsiya xizmatining birinchi bo‘linmasi ochilgani haqida xabar qilingandi.

Rossiya pasportini berishning "soddalashtirilgan tartibi"da Ukraina fuqaroligidan voz kechish ko‘zda tutilmagan, deb ma’lum qilgan Rossiya tomonidan tayinlangan shahar ma’muriyati vakili.

Zaporojye oblastining "harbiy-fuqarolik ma’muriyati kengashi" a’zosi Vladimir Rogovning so‘zlariga ko‘ra, oblast "Rossiya tarkibiga kirish yo‘lidan boradi".

"Zaporojye oblastining kelajagi faqat bitta – u Rossiya tarkibida bo‘lishi kerak", - dedi Rogov. Xerson oblasti "harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosari" Kirill Stremousov ham xuddi shunday fikr bildirgan.

25 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Zaporojye va Xerson oblastlari aholisini Rossiya fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi

Mavzuga oid