Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Shvetsiya va Finlandiyadan 33 kishini topshirishini takroran so‘raydi
Ilgari Shvetsiya va Finlandiya Anqara terrorchilar deb hisoblaydigan odamlarning Turkiyaga ekstraditsiya qilinishiga ruxsat bermagandi.
Turkiya Shvetsiya va Finlandiyadan Anqara terrorchilar deb hisoblaydigan odamlarni ekstraditsiya qilishni takroran so‘raydi. Bu haqda Turkiya adliya vaziri Bakir Bo‘zdog‘ ma’lum qildi.
"Yangi kelishuvga muvofiq, Finlandiyadan Kurdiston ishchi partiyasining olti a’zosi va Fetö tashkilotining olti a’zosi, Shvetsiyadan esa Fetö tashkilotining o‘n a’zosi va Kurdiston ishchi partiyasining o‘n bir a’zosi ekstraditsiya qilinishini so‘raymiz", - dedi Bo‘zdog‘.
May oyida, Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga kirishi bo‘yicha muzokaralar fonida bu mamlakatlar 33 kishining Turkiyaga ekstraditsiya qilinishiga ruxsat bermagandi. Ular 19ta so‘rovni rad etgan, beshtasini javobsiz qoldirgan, to‘qqizta so‘rov ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan, deb yozgandi Reuters.
Anqara bu mamlakatlarni kurd ayirmachi guruhlarini qo‘llab-quvvatlashda ayblagan hamda ularning NATOga a’zo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini bildirgandi.
28 iyun kuni Madridda Turkiya, Shvetsiya va Finlandiya Anqaraning xavotirlari hisobga olingan holda xavfsizlik sohasidagi memorandumni imzoladi. Turkiya o‘z navbatida, Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga nisbatan e’tirozidan voz kechdi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
15:55 / 13.06.2026