Jahon | 19:15 / 11.07.2022
15438
1 daqiqa o‘qiladi

Shri-Lanka prezidenti «qo‘shni mamlakatda» ekani aytildi

Ma’lumot berilishicha, Gotabaya Rajapaksa Shri-Lankaga 13 iyul kuni qaytadi.

Foto: Twitter / NewsWireLK

Shri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksa orolni tark etgan va qo‘shni mamlakatda bo‘lib turibdi. Bu haqda Shri-Lanka parlamenti spikeri Maxinda Yape Abeivardena ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rajapaksa Shri-Lankaga 13 iyul kuni qaytadi. Spiker prezidentning aynan qaysi mamlakatda ekaniga aniqlik kiritmadi.

Kolomboda 9 iyul kuni Shri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksadan o‘z lavozimini tark etishni talab qilgan bir guruh namoyishchilar uning qarorgohiga bostirib kirdi. Rajapaksa mamlakatni tark etgani xabar qilindi. Keyinroq u iste’foga chiqishini ma’lum qildi.

Mamlakatdagi norozilik namoyishlari fonida Shri-Lanka bosh vaziri Ranil Vikremesingxe ham iste’foga chiqishini bildirdi.

Shri-Lanka iqtisodiy inqiroz holatida bo‘lib turibdi. Hukumat oziq-ovqat, yonilg‘i va dori-darmonlar kabi muhim import tovarlarni moliyalashtira olmayapti. Mamlakat tashqi qarzi 51 milliard dollarni tashkil etadi.

Mavzuga oid