AQShda suv toshqinlaridan so‘ng 40dan ortiq odam bedarak yo‘qoldi
Seshanba kuni boshlangan kuchli yomg‘irlar oqibatida Virjiniya shtatining Buchanan okrugidagi aholi maskanlari suv ostida qoldi.
AQShning Virjiniya shtatida yuz bergan suv toshqinlaridan so‘ng qutqaruvchilar va politsiya kamida 44 kishini qidirmoqda, deb xabar berdi CNN.
Qayd etilishicha, ular bilan aloqa uzilgan va qayerdaligi hozircha noma’lum.
Seshanba kuni boshlangan kuchli yomg‘irlar oqibatida Buchanan okrugidagi aholi maskanlari suv ostida qoldi.
Ko‘plab uylar vayron bo‘lgan, yo‘llar va ko‘priklarga shikast yetgan, aloqa simlari uzilgan. Shtatda favqulodda vaziyat e’lon qilingan.
Politsiyaning ma’lumot berishicha, tabiiy ofatning og‘ir oqibatlariga qaramasdan, hech kim qurbon bo‘lmagan.
Mavzuga oid
22:49 / 27.12.2024
AQSh «Gurjiston orzusi» yetakchisi Bidzina Ivanishviliga qarshi sanksiyalar joriy etdi
21:44 / 27.12.2024
Tramp ilgari surayotgan ommaviy deportatsiya 86 mlrd dollarga baholanmoqda
18:33 / 26.12.2024
«Uyda yolg‘iz» filmidagi mashhur uy sotib yuborildi
16:03 / 26.12.2024