Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh vakili muzlatilgan pullar bo‘yicha muloqot boshlash shartlarini bildirdi
AQSh «Tolibon» avvalgi xatolarini takrorlamasligi kerakligini talab qilmoqda.
Foto: Kun.uz
AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tom Uest Amerika tomoni muzlatilgan pullarni qaytarish bo‘yicha «Tolibon» bilan muloqotga kirishishga tayyorligini ma’lum qildi.
«Biz barqaror va rivojlanayotgan Afg‘onistonni ko‘rishni xohlaymiz. Aholi barcha huquqlaridan foydalana olsin.
Garchi IShIDga qarshi harakatlar bo‘layotgan bo‘lsa-da, biz hamon ba’zi tahdidlarni ko‘ryapmiz.
Biz ayniqsa, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga chaqiramiz. Hukumat barchaga ochiq bo‘lishi tarafdorimiz. Shuningdek, gumanitar yordam uchun imkon berish kerak, erkin fikr bildirish hamda erkinlik huquqi ta’minlanishi kerak.
«Tolibon» avvalgi xatolarini takrorlamasligi kerak. Afg‘onistonni o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqiramiz.
Tushunamizki, qish yaqinlashib kelmoqda va bu gumanitar inqirozga sabab bo‘lishi mumkin. Biz afg‘on xalqi qiynalmasligi uchun yordam beramiz, eng yirik donor bo‘lib qolamiz.
Bundan tashqari, hukumat iqtisodiy rivojlanish uchun to‘siqlar qo‘ymasligi kerak. Muzlatilgan pullar bo‘yicha ham muloqotga kirishishga tayyormiz. Bu borada birga ishlaymiz. Bu aktivlar iqtisodni tiklash uchun ishlatilishi kerak hamda shaffof moliyaviy siyosat olib borilishi kerak», deya AQSh maxsus vakilining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
23:12 / 21.04.2026
Tramp: Eron bilan sulh uzaytirilmaydi, havo zarbalari qayta boshlanadi
10:45 / 21.04.2026
Tramp Eron bilan yangi kelishuvga umid qilmoqda
08:49 / 21.04.2026
Oq uyda yangi kadrlar inqirozi: yana bir vazir iste’foga chiqdi
23:37 / 20.04.2026