Yangi ma’muriyat ish boshlaganidan buyon AQShning Ukrainaga bergan yordami miqdori 9,8 mlrd dollarga yetgan.
AQSh Ukrainaga 1 mlrd dollar miqdorida yangi harbiy yordam paketi ajratadi, deb ma’lum qildi Pentagon.
Xabarga ko‘ra, unga Javelin raketa majmualari va HIMARS raketa tizimlari uchun o‘q-dorilar o‘rin olgan.
"High Mobility Artillery Rocket Systems (HIMARS) uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar. National Advanced Surface-to-Air Missile Systems (NASAMS) uchun o‘q-dorilar", - deyiladi xabarda.
Shuningdek, yangi yordam paketiga artilleriya o‘qlari, ming dona tankka qarshi Javelin raketa majmualari, zirhlangan tibbiyot avtomobillari, portlovchi moddalar va dori-darmonlar kiritilgan.
Ma’lum qilinishicha, yangi ma’muriyat ish boshlaganidan buyon AQShning Ukrainaga bergan yordami miqdori 9,8 mlrd dollarga, 2014 yildan buyon esa 11,8 mlrd dollarga yetgan.