Aziz Voitov qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tayinlandi
O‘zbekiston prezidentining farmoniga muvofiq, Aziz Botirovich Voitov qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Shu munosabat bilan u investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Kunning birinchi yarmida Qonunchilik palatasi bu nomzodning vazir bo‘lishini ma’qullagan edi.
Aziz Voitov 1980 yilda tug‘ilgan, Toshkent moliya institutini “Soliq va soliqqa tortish” mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan (2001) hamda Oliy ishbilarmonlik maktabida “Biznes boshqaruvi” bo‘yicha tahsil olgan (2010).
Voitov o‘z vaqtida O‘zsanoatqurilishbank boshqaruvi raisi bo‘lgan. 2020 yil mart oyidan buyon investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, QXVni uch yil boshqargan Jamshid Xo‘jayev o‘tgan oyda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
15:45 / 21.11.2024
Ummon O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilmoqchi
12:10 / 20.11.2024
O‘zbekistonda foydalaniladigan suv resurslari 90 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri kelyapti
11:37 / 20.11.2024
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida importni 50 foizga qisqartirish rejalashtirilmoqda
21:20 / 19.11.2024