Aziz Voitov qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimini egallaydi
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Aziz Voitovning nomzodi ma’qullandi. Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar berdi.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi a’zolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
2022 yil 29 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Aziz Voitov nomzodini ko‘rib chiqdi va ma’qulladi.
Aziz Voitov 1980 yilda tug‘ilgan, Toshkent moliya institutini «Soliq va soliqqa tortish» mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan (2001) hamda Oliy ishbilarmonlik maktabida «Biznes boshqaruvi» bo‘yicha tahsil olgan (2010).
Voitov o‘z vaqtida «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ATB boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan. 2020 yil mart oyida investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
2022 yil iyul oyi o‘rtalarida qishloq xo‘jaligi vaziri sifatida ishlagan Jamshid Xo‘jayev investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlangandi.
16 iyul kuni uning nomzodi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullanganidan so‘ng prezident farmoni bilan rasman ushbu lavozimga tayinlandi.
Mavzuga oid
07:35 / 20.12.2024
Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
14:06 / 12.12.2024
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 16 foizga oshdi
15:43 / 05.12.2024
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida XMI ishtirokida 2 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda
15:09 / 03.12.2024