Jamşid Xöjayev Investitsiyalar va taşqi iqtisodiy aloqalar masalalari böyiça boş vazir örinbosari — investitsiyalar va taşqi savdo vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
16 iyul kuni uning nomzodi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullanganidan söng prezident farmoni bilan rasman uşbu lavozimga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Jamşid Xöjayev 2019 yildan buyon Qişloq xöjaligi vazirligiga rahbarlik qilib kelayotgandi. 2017 yildan 2019 yilgaça taşqi savdo vaziri bölib işlagan. Undan avval esa Özbekiston Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki raisining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritib, ğaznaçilik, taşqi iqtisodiy faoliyat, axborot texnologiyalari, loyihaviy moliyalaştiriş va boşqa departamentlar işini muvofiqlaştirgan.
Şuningdek, u Hisob palatasi raisining birinçi örinbosari — Davlat budjetiga tuşumlarning töliqligini nazorat qiliş inspeksiyasi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan, Özbekiston Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasini taşkil qiliş, uning faoliyatini tartibga solişning tölaqonli me’yoriy-huquqiy bazasini işlab çiqiş, şuningdek, Jamğarma resurs bazasini yanada mustahkamlaş böyiça takliflarni işlab çiqişda bevosita iştirok etgan.
2021 yil 10 sentabrdan boşlab Jamşid Xöjayev Toşkent Davlat agrar universiteti rektori vazifasini bajaruvçisi lavozimiga ham tayinlangandi.
Ma’lumot uçun, Jamşid Xöjayev 1979 yilda Farğona viloyatining Qöqon şahrida tuğilgan. 2000 yilda Toşkent davlat Iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Prezident taşabbusi bilan iqtidorli talabalar uçun taşkil etilgan «Umid» jamğarmasining stipendiyasi sohibi. 2002 yilda Yevropa Davlat boşqaruvi institutini (EIPA) tamomlagan, şundan söng 2003 yilda Birmingem universitetida (Buyuk Britaniya) xalqaro iqtisodiy munosabatlar, davlat boşqaruvi mutaxassisligi böyiça MVA darajasiga ega bölgan.












