Jahon | 17:52 / 22.10.2022
36850
7 daqiqa o‘qiladi

Xersondan qochayotgan odamlar, Donbassda shiddatli janglar. Urush suratlari

Xersondan aholini olib ketish davom etmoqda — ular avvaliga Dneprning chap sohiliga o‘tkazilmoqda, keyin esa Ukrainaning annexia qilingan boshqa hududlariga yoki Rossiya shaharlariga yo‘l olishlari mumkin. 21 oktyabr kuni oblastning Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati Ukraina qurolli kuchlarining Dnepr orqali kechuvga raketa zarbasi bergani va buning oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Donetsk oblastining Novoazovsk shahrida «DXR»dan safarbar qilinib, asir tushgan va asirlar almashinuvi doirasida qaytarilgan harbiy xizmatchilar o‘z qarindoshlari bilan uchrashishdi. Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi 17 oktyabr kuni o‘tkazilgandi. Zaporijjya yana Rossiya tomonidan raketa zarbalariga uchradi. Ukrainaning front chizig‘iga yaqin bo‘lgan boshqa shaharlaridagi odamlar ham to‘xtovsiz zarbalar ostida yashamoqda.

Quyida 21 oktyabr, urushning 240-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Annexia qilingan «DXR»da harbiy asirlikdan qaytganlar

17 oktyabr kuni Ukraina va Rossiya o‘rtasida yirik asirlar almashuvi bo‘lib o‘tdi. Ukrainaga, Zelenskiyning ofisi rahbari Andrey Yermakning so‘zlariga ko‘ra, 108 nafar ayol qaytgan (shundan 37 kishi «Azovstal»da asir tushgan). Rossiya 80 nafar dengizchi va 30 nafar harbiy xizmatchisini qaytarib olgan. Ular orasida annexia qilingan «DXR» va «LXR»da yashovchilar ham bor. Asirlikdan qaytgach, ular bir muddat shifoxonada davolanishdi va endigina o‘z yaqinlari bilan ko‘rishishdi.
Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA
Donetsk oblastining Novoazovsk shahrida harbiy asirlikdan qaytganlarning qarindoshlari bilan uchrashuvi
Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA
Novoazovsk shahri ma’muriyati binosida asirlikdan qaytgan harbiy xizmatchilar o‘z yaqinlari bilan ko‘rishmoqda
Valeriy Sharifulin / TASS
Annexia qilingan «DXR»dan bo‘lgan sobiq harbiy asir
Valeriy Sharifulin / TASS

Kaxovka GES to‘g‘oni va Xersonning kosmosdan ko‘rinishi

Dnepr daryosining quyi oqimidagi Xersonning sun’iy yo‘ldoshdan ko‘rinishi (tasvirda chapda joylashgan). Oqimning yuqoriroq qismida — Kaxovka GES joylashgan (suratda o‘ngda). Ukraina mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi Rossiya ukrain harbiylari tezkorlik bilan harakatlanishini kutib, Kaxovka GESni vayron qilishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, rossiyaliklar to‘g‘onni aprel oyidayoq minalab qo‘yishgan. Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti ham Rossiya Kaxovka GESni portlatish va bunda Kiyevni ayblashni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilgan.
European Union / Copernicus Sentinel-2 L2A / Reuters / Scanpix / LETA

Xerson oblasti aholisi olib ketilishi 

Oktyabr o‘rtalarida Xerson oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati Ukraina armiyasining qarshi hujumi boshlangani va odamlarni olib ketish zarurligi haqida ma’lum qildi. «Gubernator vazifasini vaqtincha bajaruvchi» Vladimir Saldoning so‘zlariga ko‘ra, 50–60 ming kishi evakuatsiya qilinishi ko‘zda tutilgan
EPA / Scanpix / LETA
Xersondan olib chiqilgan odamlar Qrim shimolidagi Janko‘y shahridagi temiryo‘l stansiyasida. Janko‘yda ular uchun vaqtincha joylashtirish punktlari tashkil etilgan.
Alexey Pavlishak / Reuters / Scanpix / LETA
Dnepr daryosining chap sohilida ham Xersondan olib kelinayotganlar uchun vaqtincha joylashtirish markazlari ochilgan. Annexia qilingan oblast ma’muriyati 20 oktyabr kuni kechqurun Ukraina qo‘shini kechuv yo‘liga raketa zarbasi yo‘llaganini ma’lum qildi. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, bu hujum oqibatida kamida to‘rt kishi, jumladan ikki jurnalist halok bo‘lgan. Ukraina qurolli kuchlari zarba yo‘llanganini tasdiqladi, ammo buning natijasida tinch aholi vakillari halok bo‘lganini rad etdi.
AP / Scanpix / LETA
Xerson oblasti aholisiga Rossiya hududlariga ketish taklif etilmoqda. RF hukumati bunday tanlov qilganlarga kvartiralar uchun sertifikatlar va’da qilmoqda. Krasnodar o‘lkasi ma’muriyatiga ko‘ra, hududga 3,2 mingdan ortiq kishi kelgan. Ularning aksari Anapadagi sanatoriyalarga joylashtirilgan.
Nikolay Xijnyak / TASS

Atrofida harbiy harakatlar davom etayotgan Liman va Baxmut 

Donetsk oblastidagi vayronaga aylangan Liman. Shahar 1 oktyabr kuni ukrain harbiylari tomonidan ozod etilgandi
Carl Court / Getty Images
Limandagi ko‘p kvartirali uy yerto‘lasidagi kishi, shahar uchun Ukraina qurolli kuchlari va Rossiya qo‘shinlari o‘rtasidagi janglar davom etmoqda
Carl Court / Getty Images
Donetsk oblastidagi Baxmut shahri bir necha oydan buyon rossiyalik harbiylar tomondan qamal qilinmoqda. Uning aholisi ichimlik suvi va elektrsiz, doimiy zarbalar tahdidi ostida yashamoqda. Suratda: raketa kelib tushgan binodagi vayrongarchilikka qarab turgan kishi.
Carl Court / Getty Images
Baxmutda Rossiya tomonidan yo‘llangan raketa zarbasidan shikastlangan futbol o‘yingohi
Carl Court / Getty Images

Oldingi chiziqdagi ukraina harbiy xizmatchilari

 

Ukrainalik harbiylar minomyotdan rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyalarini o‘qqa tutmoqda
LIBKOS / AP / Scanpix / LETA

 

Mikolayiv oblastidagi ukrainalik harbiy. Bu Xerson bilan chegaradosh bo‘lgan hudud, u yerda ukrainlar qarshi hujum amalga oshirmoqda
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mikolayiv oblastidagi ukrain harbiylari
Mikolayiv oblastidagi ukrain harbiylari
Mikolayiv oblastidagi front chizig‘ida ukrainalik harbiy xizmatchi
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Zaporijjya o‘qqa tutilishi oqibatlari 

Zaporijjya shahri 21 oktyabr kuni yana bir bor rossiyaliklar raketa hujumiga uchradi. Suratda: rossiyaliklar raketasi parchasi yuklangan yuk mashinasi yonidagi erkak.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Zaporijjyaga hujum oqibatida besh kishi jabrlangan. Mahalliy rasmiylar turar joy binosi shikastlanganini xabar qilishgan. Suratda zarba kelib tushgan kvartiralardan birining ko‘rinishi.
Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid