Jahon | 16:20 / 15.12.2022
21241
6 daqiqa o‘qiladi

Xerson o‘qqa tutilmoqda, Kiyevga dronlar hujumi davom etmoqda. Urush suratlari

 Ukrainada urushning 294-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Kiyevga Rossiyadan uchirilgan Eron dronlari bilan hujum uyushtirildi. Kiyev oblasti rasmiylariga ko‘ra, Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari 13 dona kamikadze dronlarni urib tushirgan. Dronlarning parchalari shahardagi beshta binoni shikastlagan;
  • Ukrainalik ombudsmen Dmitro Lubinets Xersonda voyaga yetmaganlar ushlab turilgan «bolalar kamerasi» aniqlanganini xabar qildi;
  • Davlat dumasida Ukrainaning bosib olingan hududlarida RF manfaatlari doirasida sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoni bekor qilish taklif etildi;
  • Davlat dumasi Rossiya IT-kompaniyalarining xorijga ketgan xodimlarining RFda masofadan ishlash huquqini cheklash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda. Raqamli rivojlantirish vazirligi bu tashabbusga qarshi;
  • Deputatlar qo‘poruvchilik faoliyati uchun jinoiy jazo to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishdayoq qabul qilishdi;
  • 24 fevraldan keyin qariyb sakkiz million ukrainalik xorijga ketgan. Bu amalda mamlakat aholisining 20 foizini tashkil etadi.

Quyida 14 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Ozod etilgan Chornobayivkadagi kundalik hayot

Chornobayivka — Xersondan taxminan 11 kilometr g‘arbda joylashgan posyolka. Rossiya qo‘shini bu aholi yashash manziliga 27 fevral kuni kirishgandi — bundan maqsad uning yaqinidagi «Xerson» aerodromini egallash va u yerga harbiy texnikalarini joylashtirish bo‘lgan. Keyingi oylar mobaynida Ukraina qurolli kuchlari aerodrom bo‘ylab zarbalar berdi va RF armiyasi qurollarini yo‘q qildi. 11 noyabr kuni, Rossiya Xerson oblastidan chekingach, Chornobayivka Ukraina nazoratiga qaytdi. Endi ushbu posyolka meri Igor Dudar va uning jamoasi Chornobayivkani normal hayotga qaytarish ustida ishlamoqda. Qishloqda tezda aholi uchun ichimlik suvi ta’minoti tiklangan, yordam ko‘rsatish punktlari ochilgan, bunday joylarda odamlar tekinga oziq-ovqat va eng zarur mahsulotlarni olishi mumkin. Bundan tashqari, Chornobayivkada shikastlangan elektr tarmoqlari va vayron qilingan uylar ham faollik bilan tiklanmoqda.

Chornobayivka aholisi qishloq kengashidagi navbatda
Artur Widak / Anadolu Agency / ABACAPR​ESS / ddp images / Vida Press
Mer Igor Dudar qishloq kengashi binosiga kirishda. Unga tansoqchilar hamrohlik qilmoqda
Artur Widak / Anadolu Agency / ABACAPR​ESS / ddp images / Vida Press
Igor Dudar (o‘rtada) Xersonda ishchilar va haydovchilar bilan Chornobayivkaga o‘tin yetkazib berish masalasida gaplashmoqda
Artur Widak / Anadolu Agency / ABACAPR​ESS / ddp images / Vida Press
Igor Dudar Chornobayivkadagi poliklinika bosh shifokori bilan uchrashuvda
Artur Widak / Anadolu Agency / ABACAPR​ESS / ddp images / Vida Press
Igor Dudar mahalliy maktabdagi elektr qurilmalarini ko‘zdan kechirish chog‘ida telefon orqali gaplashmoqda
Artur Widak / Anadolu Agency / ABACAPR​ESS / ddp images / Vida Press
Igor Dudar va ukrain harbiylari asfaltga kelib tushgan raketa qoldig‘ini ko‘zdan kechirmoqda
Artur Widak / Anadolu Agency / ABACAPR​ESS / ddp images / Vida Press
Igor Dudar Chornoboyivka aholisi otishmalardan yashiringan mahalliy maktab yerto‘lasida
Artur Widak / Anadolu Agency / ABACAPR​ESS / ddp images / Vida Press

Kiyevga dronlar hujumi

14 dekabr kuni Kiyevning Shevchenkovo rayonida portlashlar sodir bo‘ldi. Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichko va shahar ma’muriyati Ukraina qurolli kuchlari Kiyev shahri va Kiyev oblasti ustida eronliklarning rossiyalik harbiylar tomonidan uchirilgan 13 ta kamikadze dron urib tushirilganini xabar qildi. Dronlar qulashi oqibatida Shevchenkovo rayonida ma’muriy bino to‘rtta xususiy turar joy binosi shikastlangan.

Dronlar hujumidan shikastlangan uylardan biri oldida turgan ishchilar
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
RF qo‘shinlari tomonidan uchirilgan kamikadze dron parchalari oldida turgan politsiyachi
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevlik kishilar rossiyaliklar dronlari hujumi vaqtida shikastlangan avtomobili ustini yopmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Hujum vaqtida shikastlangan turar joy binolaridan birining ko‘rinishi
Aleksandr Gusev / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Elektr o‘chirilgan chog‘da Kiyev bo‘ylab chiroq tutgan holda ketayotgan ayol. Butun Ukraina bo‘ylab energiya tizimini tiklash ishlari olib borilmoqda, shu tufayli shaharlarda elektr energiyasi reja asosida o‘chirilmoqda.
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA

Xerson o‘qqa tutilishi oqibatlari

 

14 dekabr kuni Xerson mudofaa kuchlari press-ofitseri Dmitro Pletenchuk shahar janubidagi turar joylar kvartali, shuningdek oblast ma’muriyati binosi RF qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilganini xabar qildi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, hujumlar oqibatida tinch aholi vakillaridan uch kishi halok bo‘lgan, ulardan biri — sakkiz yoshli bola edi.
Artur Widak / Anadolu Agency / ABACAPR​ESS / ddp images / Vida Press

Xersonlik kishi otishmalar chog‘ida vayron bo‘lgan uyi hovlisida
Artur Widak / Anadolu Agency / ABACAPR​ESS / ddp images / Vida Press
Xersondagi oblast ma’muriyati binosi fasadi
Artur Widak / Anadolu Agency / ABACAPR​ESS / ddp images / Vida Press

Mavzuga oid