Rossiya Davlat dumasi birinchi o‘qishda qo‘poruvchilik uchun umrbod qamoq jazosi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. «Qonun loyihasiga ko‘ra, qo‘poruvchilik faoliyatini qo‘zg‘atganlik, yollash yoki boshqa yo‘l bilan amalga oshirish, shuningdek, qo‘poruvchilikni moliyalash uchun umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Qonun loyihasi qabul qilingan taqdirda, qo‘poruvchilik faoliyatiga tayyorgarlikdan o‘tganlar uchun ham xuddi shunday jazo nazarda tutilgan», deyiladi 14 dekabr, chorshanba kuni Rossiya parlamenti quyi palatasi saytidagi xabarda.
Qo‘poruvchilik guruhini yaratish uchun ham umrbod qamoq jazosi nazarda tutilgan. Ishtirok etganlik uchun 10 yilgacha, «diversiya sodir etishdagi sheriklik» uchun esa 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanishi mumkin.
Davlat dumasi, shuningdek, birinchi o‘qishda «jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish» faoliyati to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlarni qabul qildi, unga ko‘ra sud tomonidan diversiya faoliyati yoki uni moliyalashtirishda ishtirok etgan deb tan olingan fuqarolar va tashkilotlarning hisoblarini bloklash taklif etilyapti. Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin «Rossiya va fuqarolarni terrorchilik va diversiya tahdidlaridan himoya qilishga qaratilgan» qonun loyihalarini Ukrainaga qarshi urush va qochqinlarni qabul qilish fonida prinsipial muhim qadam deb atadi.











