O‘zbekiston | 18:02 / 12.01.2023
5016
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda buzilib qolgan avtobusdagi 34 nafar o‘zbekistonlikka yordam berildi

Chimkent viloyatida sodir bo‘lgan hodisadan so‘ng o‘zbekistonlik yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtirildi. 

Foto: inform.kz

Qozog‘istonda «Toshkent-Almati» yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi buzilib qoldi va undagi 34 nafar O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatildi, deb xabar berdi Kazinform.

Avtobus Chimkent shahri yaqinidagi Bo‘zariq halqa yo‘lida buzilib qolgan. Voqea joyiga yetib borgan Chimkent vokzali xodimlari 34 nafar yo‘lovchini mehmonxonaga olib ketishgan.

«Chimkent vokzalining 112 qutqaruv xizmati raqamiga tungi soat 2:52 atrofida avtobus yo‘lovchilariga yordam kerakligi haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga 7 nafar shaxsiy tarkib xodimi va 2 ta texnika yetib borib, yo‘lda qolgan fuqarolarga yordam berildi. Yo‘lovchilar sovuq kunlarda ko‘chada qoldirmasdan yordam bergan mutaxassislarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi», deyiladi Chimkent vokzalining jamoatchilik bilan aloqalar guruhi xabarida.

Avvalroq, Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida noqulay ob-havo sharoiti tufayli yo‘lda qolib ketgan ikkita yo‘lovchi avtobusidan 69 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilingan edi.

Shundan so‘ng, Qozog‘istonning Oqtov shahridagi O‘zbekiston bosh konsulligi vatandoshlarga ob-havo yaxshilangunga qadar Qozog‘iston hududi bo‘ylab avtotransport va avtobusda harakatlanmaslikni tavsiya qildi.

Mavzuga oid