11 yanvar kuni Qozoğistonning bir neça kundan buyon sovuq harorat (-30 darajagaça) kuzatilayotgan Aqtöbe oblasti hududida, «Samara—Çimkent» avtomobil yölida Özbekistonning jami 69 nafar fuqarosi bölgan ikki avtobus noqulay ob-havo tufayli yölda qolib ketdi. Qozoğiston FVV xabariga köra, noqulay ob-havo oqibatida yöl tösilib qolgani sababli barça yölovçilar Irğiz rayoni hududidagi umumta’lim maktabiga joylaştirilgan.
Bu avtobusda Qozoğistonning 3 nafar va Özbekistonning 38 nafar fuqarosi bölgan.

Şu kuni Aytekebiy rayonida, xuddi şu trassaning 968-kilometrida yana bir yölovçi avtobusiga yordam zarurligi haqida ma’lumot kelib tuşgan. Avtobusda Özbekistonning 31 nafar fuqarosi bölgan. Ular Qorabutak qişloğidagi masjidga joylaştirilgan.

Bundan oldinroq Rossiyaning Nijniy Novgorod oblastida 40 daraja sovuqda qolgan «Moskva-Özbekiston» yönalişidagi mikroavtobusning 19 nafar yölovçisi politsiya tomonidan qutqarilgani xabar qilingandi.












