Bosh konsullik fuqarolardan sovuq havoda Qozog‘iston orqali avtotransportda harakatlanmaslikni so‘radi

Foto: AP
O‘zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsulligi qattiq sovuq havo tufayli Qozog‘iston avtomobil yo‘llarida qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolar bilan bog‘liq vaziyatni nazorat ostiga olgan, deb xabar qilmoqda «Dunyo».
Jumladan, 10 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 atrofida «Samara-Chimkent» xalqaro trassasi 75-kilometrida 70 874 MBA davlat raqamli meva olib ketayotgan O‘zbekiston yuk avtomashinasining ishdan chiqqani haqida ma’lumot kelib tushgan. Bosh konsullik xodimlari tomonidan ushbu haydovchilarga yordam ko‘rsatildi va ular issiq joyga joylashtirildi. Qurbonlar yo‘q.
10 yanvar kuni Irg‘iz tumani markazidan o‘tgan yo‘lning yopiq 20-kilometrida Rossiyaga ketayotgan 41 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan shaharlararo avtobus to‘xtab qolgan. Yo‘lovchilar Aqto‘be viloyati Irgiz qishlog‘idagi o‘rta maktabga joylashtirilgan.
Shu kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:49 da «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘li 968-kilometrida Aqto‘be viloyati Aytekebi tumanida avtobusdan odamlarni evakuatsiya qilish zarurligi haqida xabar kelgan. Qutqaruvchilar yordamida 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi Qorabutoq qishloq masjidiga evakuatsiya qilingan. Hech kim jabrlanmagan.
11 yanvar kuni avtomobil yo‘llarida harakat ochilganidan so‘ng vatandoshlar Rossiyaga safarlarini davom ettirishgan.
O‘zbekiston Bosh konsulligi ob-havo sharoiti yomonlashuvi munosabati bilan vatandoshlarga ob-havo barqarorlashgunga qadar Qozog‘iston hududi bo‘ylab avtotransport va avtobusda harakatlanmaslikni tavsiya qildi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bahorgi attestatsiyadan boshlab ayrim pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lanadi
O‘zbekiston | 15:41
-
O‘zbekistonda Boshqirdiston kompaniyalarini joylashtirish uchun qo‘shma texnopark tashkil etiladi
Iqtisodiyot | 15:10
-
Toshkentda gullar festivali munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi
Jamiyat | 14:59
-
SCMP: Xitoy kompaniyalari ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirishni boshladi
Jahon | 14:45
Mavzuga oid

20:59 / 27.04.2025
Qozog‘iston hukumati 9 may kuni tantanali yurishlar o‘tkazishni taqiqladi

21:22 / 25.04.2025
Qozog‘iston superkompyuter yaratishga 40-50 mln dollar sarflaydi

08:43 / 25.04.2025
Qozog‘istonda Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rilayotgani rad etildi

07:55 / 23.04.2025