Kreminna yo‘nalishidagi ukrainlar, Dniprodagi vayrongarchiliklar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 327-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Dniprodagi turar joyga raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lganlar soni 44 nafarni tashkil etmoqda. Ukraina qurolli kuchlari ushbu raketa zarbasiga aloqador rossiyalik harbiylarni aniqladi.
- Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an telefon orqali Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashinuvi masalasini muhokama qildi. Turkiya ombudsmeni Sharifa Malkochning ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar 1000 nafardan asir familiyasini o‘zaro almashgan.
- Sevastopolning Kreml tomonidan tayinlangan gubernatori Mixail Razvozjayevning ma’lum qilishicha, shahar hududida havo hujumidan mudofaa kuchlari ukrainlarning o‘nta dronini urib tushirgan.
- Belarusda Rossiya bilan hamkorlikda harbiy aviatsiya mashg‘ulotlari boshlandi. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi hisoblashicha, Rossiya Belarus hududiga qo‘shimcha samolyotlar jo‘natgan.
- O‘zini «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi shturmchi otryadi sobiq komandiri deb atagan Andrey Medvedev Norvegiyaga qochib o‘tdi va Yevgeniy Prigojinga qarshi ko‘rsatma berishga tayyorligini aytdi. Prigojinning o‘zi Norvegiya nashrlariga Medvedev Norvegiya fuqaroligiga egaligi va norveglarning «Nidhyogg» XHK bataloni a’zosi hisoblanishini aytdi.
Luhansk oblastida oldingi chiziqdagi ukrain shifokorlari
Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayga ko‘ra, rossiyaliklar Luhansk oblastining Kreminna shahriga katta miqdorda zaxira kuchlarini tashlamoqda, bu yerga desantchilar va muntazam bo‘linmalar yuborilmoqda. Shuningdek Gaydayning tasdiqlashicha, hozircha Ukraina qurolli kuchlari Kreminna shahriga hujum qilishda davom etayotgani, rossiyalik harbiylar esa Luhansk oblasti shahriga kirish va chiqishni yopib qo‘yganini aytdi.
Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti tahlilchilari hisoblashicha, Rossiya qo‘shini yaqin vaqtlar ichida Rossiya kuchlari Luhansk oblastida yirik harbiy yurish boshlashi mumkin. Ekspertlar Donetsk va Luhansk oblastlari to‘liq egallanishini RF armiyasi erishishi mumkin bo‘lgan maqsad deb hisoblashmoqda – Xerson oblastidan farqli o‘laroq bu yerda Dnipro kabi front liniyasini ajratib turuvchi va manyovrlarga xalaqit qiluvchi tabiiy to‘siq yo‘q.
Kreminna Luhanskdan taxminan 125 kilometr shimoli-g‘arbda, Lisichanskdan 33 kilometr masofada joylashgan. Quyidagi suratlarda ushbu yo‘nalishda Ukraina qurolli kuchlari jangchilari hayotini qutqarib qolayotgan ukrain harbiy vrachlari faoliyati aks etgan.
Dniproda qutqaruv ishlari
14 yanvar kuni Rossiya qo‘shini Dnipro bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi, natijada to‘qqiz qavatli uyning ikki pod’yezdi qulab tushdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 44 kishi halok bo‘lgan. Qariyb uch kundan buyon 500 ga yaqin qutqaruvchilar xarobalar ostidan omon qolganlarni qidirmoqda.
Zaporijjya o‘qqa tutilishi oqibatlari
16 yanvarga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Zaporijjya shahrini o‘qqa tutdi. Mahalliy rasmiylar besh kishi jarohat olgani, ular orasida ikki bola borligini ma’lum qildi. Zaporijjya oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleksandr Staruxning aniqlik kiritishicha, zarbalar oqibatida fuqarolik obektlari, turar joylar va sanoat infratuzilmalari shikastlangan.
Donetskdagi savdo markazidagi vayrongarchiliklar
16 yanvar kuni tongda Ukraina qurolli kuchlari istilo ostidagi Donetsk shahri sharqidagi Kalininskiy rayonini o‘qqa tutdi. Rossiya ta’siridagi ma’muriyat ma’lumotiga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan uch kishi jabrlangan, shuningdek supermarket va go‘sht kombinati ro‘parasidagi dorixona shikastlangan.
Mavzuga oid
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
17:55 / 23.11.2024
WSJ: Ukraina o‘zining ballistik raketasini yaratish ustida ish olib bormoqda
13:12 / 23.11.2024
Kursk oblastida yashovchi 46 kishi Ukrainadan qaytib keldi
11:31 / 23.11.2024