14 yanvar kuni Ukraina navbatdagi raketa zarbalariga duçor böldi. Dniproda raketa töqqiz qavatli uy binosiga kelib urildi. Binoning ikkinçi va uçinçi korpuslari orasida ikkinçi qavatdan töqqizinçi qavatgaça qulab tuşgan. Dnipro meri Boris Filatov öqqa tutiş oqibatida şahar rayonlari elektr ta’minotidan uzilgani haqida xabar bergan.
Zarba dam oliş kuni, odamlarning uyda vaqtda berilgan.
Zelenskiy ofisi rahbari örinbosari Kirill Timoşenkoga köra, rossiyaliklar raketasi 72 kvartira joylaşgan butun bir pod’yezdni vayron qilgan - propiska böyiça ma’lumotlarga köra, bu uylarda jami 200 nafarga yaqin kişi yaşagan, ularning 50 nafarga yaqini bolalar edi. 16 pod’yezddan iborat uyda jami 1 700 ga yaqin kişi istiqomat qilgan.
«Dnipro şahrida turar joy binosi vayron qilindi. Rossiyaliklar raketasi qulaşi oqibatida ikkinçidan töqqizinçigaça bölgan qavatlar qulab tuşgan. Önlab yaralangan kişilarni qutqarişga muvaffaq bölindi. Ularga yordam körsatilmoqda. Ular orasida bolalar bor, eng kiçigi uç yoşli qizça. Va bular dastlabki ma’lumotlar. Afsuski, soat sayin qurbonlar soni oşmoqda... Qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildiraman», deyiladi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning tungi murojaatida.
14 yanvar kuni keçqurun Dnipropetrovsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Valentin Reznichenko beş kişi halok bölib, qariyb 60 kişi yaralangani (jumladan 12 bola, ulardan eng kiçigi uç yoşda) haqida ma’lumot berdi. Mahalliy 11-kanal xarobalarni tozalaşda qutqaruvçilarga yuzlab şaharliklar yordam berayotganini xabar qilgan.
15 yanvar tongda berilgan ma’lumotga köra, Dniprdagi uyga raketa kelib urilişi oqibatida qurbon bölganlar soni 21 nafarga yetgan, yana 73 kişi jarohatlangan, şundan 14 nafari bolalar. Oblast rahbari Valentin Rezniçenkoning aytişiça, yana 37 kişining taqdiri noma’lumligiça qolmoqda. Qutqaruv amaliyoti davom ettirilmoqda.
Dniproda qurbonlar xotirasiga uç kun motam e’lon qilindi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Dniproga yöllangan zarbalarga «Dunyo bu yovuzlikni töxtatişi kerak» deya munosabat bildirdi. «Dniproda xarobalarni tozalaş davom ettirilmoqda. Barça xizmatlar işlamoqda. Har bir odam uçun, har bir hayot uçun kuraşyapmiz. Bu terrorga aloqador bölganlarning barçasi topiladi. Barçasi javobgarlikka tortiladi. Maksimal darajada», — deya yozgan ukrainlar prezidenti öz telegram-kanalida. U şuningdek «Rossiya terrorini töxtatiş» uçun Ukrainaga köproq qurol berişga çaqirgan.





















