Belarusda 16 yanvar, duşanba kuni ertalab Belarus va Rossiya qurolli kuçlari aviatsiya bölinmalarining qöşma taktik parvoz maşğulotlari boşlandi, deb xabar berdi Belarus Mudofaa vazirligi. Minskning ta’kidlaşiça, uşbu maşğulotlardan asosiy maqsad «jangovar tayyorgarlik vazifalarini birgalikda bajarişda operativ muvofiqlikni oşiriş»dir. Hujjatda aytilişiça, havo razvedkasini amalga oşiriş, çegarada qöşma patrullar ötkaziş, qöşinlar guruhini havodan qöllab-quvvatlaş, taktik desant qöşinlarini joylaştiriş, şuningdek, yuklarni yetkazib beriş va yaradorlarni evakuatsiya qiliş böyiça işlarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.
1 fevralgaça davom etadigan maşğulotlarga Belarus qurolli kuçlari harbiy-havo kuçlari va havo hujumidan mudofaa qöşinlarining barça aerodromlari va poligonlari jalb etilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi. Belarus Xavfsizlik kengaşi davlat kotibining birinçi örinbosari Pavel Muraveyko maşğulotlar faqat mudofaa xarakteriga ega ekanligini ta’kidladi. Şu bilan birga, Muraveyko qöşni Ukrainani provokatsiyalarda aybladi. Agar kerak bölsa, Belarus «öz hududida har qanday tajovuzkorlik yoki terrorçilik tahdidiga javob beradi», deb tahdid qildi u.
Keng miqyosdagi Rossiya-Belarus öquv maşğulotlari boşlanişi munosabati bilan Belarus Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga kirişi mumkinligi haqida yana taxminlar paydo böldi. AQŞ Mudofaa vazirligi bunday pozitsiyani asossiz deb hisobladi. «Biz Belarusning mojaroga kiriş niyati borligini körmayapmiz. Biz buni belaruslar va rossiyaliklarning doimiy maşğulotlari deb hisoblaymiz, bor gap şu», - dedi Pentagon matbuot kotibi, AQŞ harbiy-havo kuçlari brigada generali Patrik Rayder brifingda.


















